De Yong: Hafsalam pir bo‘ldi

  • 2 yanvar, 16:39
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Frenki de Yong "Barselona"da ko‘proq unvonlar yutishini kutganini tan oldi. 

Niderlandiyalik yarim himoyachi Kataloniya klubiga 2019 yilda "Ayaks"dan kelib qo‘shilgandi. 

"Tan olishim kerak, "Barselona" bilan shartnoma imzolaganimda, 4 yil ichida atigi 1 ta La Liga bosh sovrini, 1 ta Ispaniya kubogi va 1 ta Ispaniya superkubogini yutishimni tasavvur ham qilmagandim. 

Men kamida ikki baravar ko‘proq sovrin yutishni kutgandim. Shuning uchun, hafsalam pir bo‘ldi. Biroq ba’zi narsalarni oldindan ayta olmaymiz"
, - dedi Frenki de Yong "Voetball International" nashriga bergan intervyusida. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!