Deku topgan "yangi yulduz" Flikka yoqmadi
«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik va klubning sport direktori Deku yosh futbolchi borasida turlicha fikr bildirishgan. Gap yozda «Bryugge»ning farm-klubidan kataloniyaliklar safiga qo‘shilgan Jesse Bisivu haqida ketmoqda.
El Nacional nashri Bisivu atrofidagi vaziyatga bag‘ishlangan maqola e’lon qildi. Nashr ma’lumoticha, Deku 18 yoshli Bisivuni Lamin Yamal kabi yo‘lni bosib o‘tishi mumkin bo‘lgan, yaqin yillarda asosiy jamoaga yaqinlashish salohiyatiga ega futbolchi sifatida ko‘rmoqda. Biroq Flik bu borada boshqacha fikrda.
«Flik futbolchini mashg‘ulotlarda ko‘rgandan so‘ng bu umidlarni sezilarli darajada sovutdi. Nemis murabbiyi hozircha Bisivu asosiy tarkibda muntazam ravishda raqobat qila oladigan darajaga yetmagan, deb hisoblamoqda», – deya yozadi nashr.
Flikning fikricha, 18 yoshli vingerni shoshma-shoshariq bilan asosiy jamoaga olib chiqish unga yordamdan ko‘ra ko‘proq zarar keltirishi mumkin. Nemis murabbiyning rejasiga ko‘ra, belgilaylik futbolchi avvalo yoshlar jamoasida o‘ynab, Ispaniya futboliga moslashib olishi kerak.
«Flik avvalo Bisivuni bo‘sh hududsiz sharoitda qanday o‘ynashini ko‘rmoqchi. U tezkor va raqibni birga-bir vaziyatlarda aldashni biladi, ammo asosiy jamoada faqat raqibni o‘tib ketishning o‘zi yetarli emas. U pressindagi ishini, taktik fikrlashini, jamoadoshlari bilan o‘zaro tushunishini va qaror qabul qilish sifatini oshirishi lozim», – deya ta’kidlaydi maqola mualliflari.
Qisqasi, Flik katta umidlar fonida Bisivuga asosiy jamoada darhol o‘yin vaqti berish niyatida emas. «Barselona» rahbariyati Jesse salohiyatiga ishonadi, ammo u asosiy tarkibga yo‘lni zahira jamoasidagi o‘yinlari orqali, amalda isbotlab olishi kerak bo‘ladi.

Fikrlar