Desham: "Mbappe terma jamoada katta mas’uliyatga ega"

  • 03.10.2025 10:45
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Kilian Mbappening jamoadagi roli haqida to‘xtaldi:

"U markaziy hujumchi. Uning imkoniyatlari qo‘llanayotgan sxemaga bog‘liq. Bizda unga erkinlik berilgan, ko‘plab hujumchilar singari. Markazda unga cheklovlar kamroq, ayniqsa himoyada.

Uning oyoqlari juda tez, o‘ziga ishongan va bosh bilan ham yaxshi o‘ynaydi. U ulkan kuch va tezlikka ega – aynan shu jihatlarda raqibdan ustunlik qiladi.

Mbappe to‘liq bizga bag‘ishlangan va sardor sifatida o‘z rolini hamda jamoa oldidagi mas’uliyatini yaxshi anglaydi. U bilan biz doimo ko‘proq natijaga erisha olamiz. Kilian markaziy hujumchi, ammo erkinlik va o‘yinda ishtirok etishni yaxshi ko‘radi", — deya ta’rif berib o‘tdi frantsiyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!