Diego Lima: "Islom Maxachev uchun munosib raqib bor"

  • 6 iyul, 2024, 17:52
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Mashhur braziliyalik jangchi Charlmz Oliveyraning bosh murabbiyi Diego Lima uning tarbiyalanuvchisi engil vaznda UFC chempioni rossiyalik Islom Maxachev bilan chempionlik uchun yana jang qilishi kerak, deb hisoblaydi.

Tecno

“Men ham, Charlz ham chempionlik uchun jang qilish imkoniyatini xohlaymiz. Arman chetda, kamar uchun jang qilishga Charlzdan boshqa hech kim arzimaydi. Pore esa Islomga qarshi yaqinda jang qildi. Getji nokautga uchradi. Arman safdan chiqdi va engil vazn toifasida Maxachevga qarshi jang uchun Charlzdan boshqa haqiqiy da’vogarlar yo‘q. Biz shu jangni xohlaymiz”,- dedi Diego Lima Ag. Fight yutub kanaliga bergan intervyusida. 

Eslatib o‘tamiz, 13 aprel kuni Las-Vegasda "UFC 300" turniri doirasida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida Charlz Oliveyra Arman Tsarukyanga hakamlar qaroriga ko‘ra mag‘lub bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!