"Dinamo" 2017 yildan buyon ilk marotaba yarim finalda!

  • 31 avgust, 2023, 23:49
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston kubogi chorak finalidan o‘rin olgan ilk bellashuv bo‘lib o‘tdi. Unda "Dinamo" - "Olimpik" bilan kuch sinashdi. 

Mazkur bellashuvda samarqandliklar 4:3 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlar safida Joel Kojo dubl qilgan bo‘lsa, Abubakir Mo‘ydinov hamda Muhammadbobur Asadullaev bittadan gol urdi. "Olimpiyachilar" safida Alisher Adilov dubl qildi, shuningdek, Saidazamat Mirsaidov bitta gol urdi. 

Shu tariqa, "Dinamo" 2017 yildan buyon ilk marotaba yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi. 

Qayd etish lozim, jamoa ayni vaqtda Pro-liga "Lokomotiv"dan keyingi ikkinchi o‘rinni band etib turibdi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!