"Dinamo" ikkita transferni e’lon qildi
«Dinamo» jamoasi mavsumning ikkinchi qismiga Belarusda puxta tayyorgarlik ko‘rib, o‘z tarkibini kuchaytirmoqda.
Selektsiya ishlarini ham olib boryapti va kelishuvlarga erishilmoqda. Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, mavsumning birinchi davrasini «Paxtakor» safida o‘tkazgan hujumchi Ulug‘bek Hoshimov «Dinamo»ning davralar oralig‘idagi dastlabki transferiga aylandi. 24 yoshli forvard Samarqand klubi bilan rasman 1,5 yillik shartnoma imzoladi. Hoshimov «Dinamo»ning Belarusdagi yig‘inida ishtirok etmoqda.
Bundan tashqari, mavsumning 1-davrasini «Surxon» safida o‘tkazgan Jahongir Abdusalomov ham «Dinamo» a’zosiga aylangandi. 26 yoshli hujumchi bilan 1,5 yillik shartnoma imzolandi. Jahongir Abdusalomov kuni kecha «Dinamo»ning Belarusdagi yig‘iniga borib qo‘shildi va hozirda Vadim Abramov qo‘l ostida mashg‘ulotlarga kirishgan, - deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.



Fikrlar