"Dinamo" legioneri jamoadan ketdi!

  • 10.12.2025 23:39
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Ratino "Dinamo" jamoasini tark etdi. Bu haqda Samarqand klubi matbuoti xabar berdi.

"Barchasi uchun rahmat, Ratinio!

"Dinamo" jamoasi safidagi o‘yinlari orqali muxlis va mutaxassislar e’tiboriga tushgan Ratinio ikki yillik faoliyatidan keyin jamoamiz bilan xayrlashdi.

2024 yil boshida Braziliya quyi ligasidan jamoamizga kelib qo‘shilgan Frantsisko Ferreyra ajoyib o‘yinlari bilan samarqandlik muxlislar mehrini qozona oldi. Vadim Abramov boshqaruvida «Dinamo» etakchilaridan biriga aylangan braziliyalik yarimhimoyachi 2024 va 2025 yil yakunlariga ko‘ra, ketma-ket ikki yil PFL tomonidan Superliga ramziy jamoasiga kiritildi. Jamoamizda liganing eng yaxshi legionerlaridan biriga aylangan Ratinio bilan amaldagi kelishuv nihoyasiga etgach, u o‘z faoliyatini boshqa klubda davom ettirishga qaror qildi. 

«Dinamo» PFK Ratinioning keyingi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qoladi. Ishonamizki, Samarqand – uning ikkinchi uyi bo‘lib qoladi va «Dinamo» eshiklari uning uchun doim ochiq. 

Hammasi uchun rahmat, Ratinio! 

Obrigado por tudo, Ratinho!", - deya yozdi klub matbuoti.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!