“Dinamo” Samarqandda yig‘inga kirishdi

  • 5 yanvar, 2017, 18:45
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rishni maqsad qilgan «Dinamo» jamoasi 5 yanvar kunidan Samarqandda yig‘in boshladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.  

Ilhom Sharipov boshqaruvida o‘tayotgan yig‘inda hozircha asosan mahalliy futbolchilar kuniga ikki mahaldan mashg‘ulotlar olib borishmoqda. Unda murabbiylar asosiy e’tiborni futbolchilarning jismoniy holatini tiklashga qaratishgan. Rejaga binoan, jamoa hozircha Samarqandda mashg‘ulotlar olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, tayyorgarlikning dastlabki bosqich yig‘ini 15-29-dekabr kunlari o‘tkazilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!