
Dmitri Payeni tunab ketishdi
Frantsiyaning “Marsel” klubi yarim himoyachisi Dmitri Payeni o‘g‘rilar tunib ketishdi. Le Monde nashri tarqatayotgan xabarga qaraganda, ushbu hodisa futbolchining Marseldagi uyida sodir bo‘lgan.
Manbaning axborot tarqatishiga qaraganda, o‘g‘rilar futbolchi o‘z uyida uxlab yotganida 2 quti qimmatbaho buyumlarni olib chiqib ketishgan. Ayni paytda voqeaning boshqa tafsilotlari ma’lum emas.
Qayd etish lozim, Paye mavsum boshidan buyon klub safida 2 ta o‘yinga maydonga tushib, bitta golga assistentlik qilgan.
Fikrlar