
Dmitriy Bivol kimga xavas qilgandi?
Professional boksning yarim og‘ir vazn (79,4 kg) toifasida WBA hamda IBO chempionlik kamari sohibi rossiyalik Dmitriy Bivol yoshligida kimga xavas qilganligi haqida so‘z yuritdi.
"Men yoshligimda boks bilan shug‘ullanishni boshlaganimdayoq, Mayk Taysonning qo‘llaridek qo‘llarim bo‘lishni, unikidek kuchga ega bo‘lishni juda xohlaganman. Shunaqa orzuim bo‘lgan. Qolaversa, Mayk Taysond kabi raqiblarimni tez yutishni istaganman",-dedi Bivol.
Eslatib o‘tamiz, Dmitriy Bivol so‘ngi jangida Lindon Arturni mag‘lub etgandi.
Fikrlar