Dmitriy Bivolning keyingi raqibi oydinlashmoqda
WBA, IBO, The Ring, WBO va IBF chempionlik kamarlarining sohibi Dmitriy Bivol (25-1, 12 KO) 4 iyul kuni chap tirsagidan operatsiya qilinadi.
Shundan so‘ng, u WBO unvoniga birinchi raqamli da’vogarlik qiluvchi Kallum Smit(31-2, 22 KO)ga qarshi ringga ko‘tariladi. Bu haqida "BoxingScene" portali xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi jangida Dmitriy germaniyalik Mixael Eyfert ustidan g‘alaba qozongan bo‘lsa, Kallum vatandoshi Joshuа Buatsi hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra yengdi.

Fikrlar