Dmitriy Bivolning navbatdagi raqibi Artur Beterbiev emas(mi?)
Mutlaq jahon chempioni Dmitriy Bivol va amerikalik Devid Benavides jang bo‘yicha kelishuvga yaqin, deb xabar berdi "ESPN" insayderi Julius Julianus.
Manbaga ko‘ra, jang shu yilning yozida bo‘lib o‘tishi mumkin. Avvalroq, WBC sportchilar 8 aprelgacha kelishib olishlari kerakligini aytgandi.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Bivol o‘z hamyurti Artur Beterbievga qarshi o‘tkazilgan chempionlik jangida hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongan edi.



Fikrlar