
Dominika Tsibulkova finalda qoqildi
Budapeshtda WTA tomonidan ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan turnirda belgiyalik Alison van Uytvank bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
"Hungarian Ladies Open - 2018" turnirining finalida Alison slovakiyalik Dominika Tsibulkovaga qarshi kortga chiqdi. Uch set davom etgan uchrashuvda belgiyalik tennischi 6:3, 3:6, 7:5 hisobida g‘alaba qozondi.
Alison van Uytvank mazkur musobaqada bosh sovrin bilan birgalikda 280 reyting ochkosi va 43.000 AQSh dollariga ham ega bo‘ldi.
Fikrlar