
Donna Vekich zarbasiga raqibi dosh bera olmadi
Avstraliyaning Xobart shahrida o‘tayotgan “WTA Hobart International – 2018” turnirida birinchi davra bahslari o‘tkazildi.
Sovrin jamg‘armasi 226.750 AQSh dollari bo‘lgan musobaqada xorvatiyalik Donna Vekich germaniyalik Tatyana Mariyani 6:4, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Belaruslik Arina Sobolenko birinchi davrada kanadalik Ejeni Bushar ustidan 6:4, 6:3 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, belgiyalik Kirsten Flipkens Chexiya sharafini himoya qilgan Kristina Plishkovani uch setda - 5:7, 7:5, 6:3 hisobida engdi.
Birinchi davrada qayd etilgan natijalar bilan tanishing:
Jan Shuay (Xitoy) – Magda Linett (Polsha) 7:5, 6:3
Yuliya Putintseva (Qozog‘iston) – Naomi Osaka (Yaponiya) 6:36:3
Lesya Tsurenko (Ukraina) – Timea Babosh (Vengriya) 7:6, 6:2
Mixaela Buzarnesku (Ruminiya) – Alize Korne (Frantsiya) 6:2, 6:4
Anna-Lena Fridsam (Germaniya) – Elison van Eytvank (Belgiya) 4:6, 7:6,6:4
Marketa Vondroushova (Chexiya) – Natalya Vixlyantseva (Rossiya) 6:4, 6:3
Jeymi Furlis (Avstraliya) – Nina Stoyanovich (Serbiya) 7:5, 7:6
Xizer Uotson (Buyukbritaniya) – Sorana Kirstya (Ruminiya) 7:5, 6:3
Varvara Lepchenko (AQSh) – Mona Bartel (Germaniya) 6:0, 7:6
Fikrlar