Kamaru Usmon Dyu Plessiga qarshi jiddiy jarohat bilan jang qildimi?

  • 24.07.2026 14:57
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

2008 yildagi Olimpiya chempioni va UFC sobiq chempioni Genri Sehudo "Round 4 Pound" podkastida nigeriyalik Kamaru Usmon janubiy afrikalik Drikus dyu Plessiga qarshi jangga jarohat bilan kirganini aytib o‘tdi.

Sejudo: Ko‘p odamlar buni bilishmaydi: siz ko‘krak mushagingiz yirtilgan holda jang qildingiz. Ochig‘i, bu menga boshidanoq yoqmadi. Bahsdan so‘ng esa ko‘pchilik sizni tanqid qildi...

Usmon: Tushundim, Genri, lekin bu sport. Shunaqasi ham bo‘lib turadi. Biz har doim tavakkal qilamiz, shuning uchun hech qanday bahona bo‘lishi mumkin emas. Men bu haqida gapirishni ham istamayman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!