Dubayda tennis malikalari saralanmoqda
Dunyoning uchinchi raqamli tennischisi ispaniyalik Garbin Mugurusa "Dubai Duty Free Tennis Championships - 2018" turnirining yarim finaliga chiqdi.
Musobaqaning chorak finalida Garbin frantsiyalik Karolin Garsiyaga qarshi kortga chiqib, o‘yin yakunida 7:5, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Endi Mugurusa final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan o‘yinda rossiyalik Elena Vesnina va Darya Kasatkina uchrashuvi g‘olibi bilan raqobatlashadi.

Fikrlar