Dvalishvili va Topuriya pullar ostida qolib ketdi !

  • 2 oktabr, 2024, 13:23
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze UFC chempionlari Merab Dvalishvili va Iliya Topuriya 1 million lari (ya’ni 367 666 dollar) miqdorida pul mukofoti olishini ma’lum qildi.

 “Gruziyalik sportchilar turli sport turlarida misli ko‘rilmagan muvaffaqiyatlarga erishdi, so‘nggi misol – Dvalishvilining UFC chempionligini qo‘lga kiritganidir. Hozirda UFC ning sakkiz nafar amaldagi chempionidan ikkitasi gruzin. 200 million aholisi bo‘lgan Braziliya to‘rt millionlik xalqi bor Gruziya bilan o‘xshash natijaga qayd etgan, bu esa har bir gruzin uchun alohida faxr. Bunday muvaffaqiyat munosib e’tirofga loyiq. Shuning uchun biz har bir jangchiga 1 million lari mukofot puli ajratdik.  Merab Dvalishvili va Iliya Topuriyaga bundan ham katta yutuqlar tilab qolamiz”, — deya Kobaxidzening so‘zlarini keltirdi "Georgia Today" portali.

Eslatib o‘tamiz, Iliya Topuriya (15-0) 26 oktyabr kuni "UFC 308" turnirida Maks Xollouey(26-7)ga qarshi jang qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!