Dzyudo. O‘zbekiston va Qozog‘iston ayollar terma jamoalari qo‘shma mashg‘ulot o‘tmoqda

  • 22 oktabr, 19:33
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

O‘zbekiston va Qozog‘iston dzyudo federatsiyalarining o‘zaro hamkorligi doirasida ikki mamlakat terma jamoalarining qo‘shma mashg‘uloti o‘tkazilayotgani haqida xabar bergan edik. 

Tecno

Erkaklar terma jamoasi dzyudochilari bilan parallel ravishda ayollar jamoalarining ham o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazilyapti. 

Bu kabi xalqaro yig‘inlar o‘zaro tajriba almashish, sport aloqalarini mustahkamlash va mahorat darajasini oshirish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Ikkala terma jamoa ham ushbu yig‘in orqali kelasi oy Saudiya Arabistonida o‘tkaziladigan Islom birdamligi o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!