Dzyudo. Vazir IJF prezidenti bilan uchrashdi

  • 4 oktabr, 2022, 22:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Bugun Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov va Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) prezidenti Vizer Ladislau Maruisni qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

Uchrashuvda Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi prezidenti Aziz Kamilov, Xalqaro elektron sport federatsiyasi prezidenti va Ultima Capital Group bosh direktori Vlad Marinesku hamda Icona Capital asoschisi va raisi Maks Xerve Jorj ishtirok etdi.

Uchrashuvda mehmonlarga mamlakatimiz sportchilari qo‘lga kiritgan yutuqlari, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi yangiliklar haqida ma’lumot berildi.

Xalqaro elektron sport federatsiyasi prezidenti Vlad Marinesku va Ultima Capital Group bosh direktori hamda Icona Capital asoschisi va raisi Maks Herve Jorj ishtirok etdi. Shuningdek, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi xalqaro federatsiyalar bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yayotgani ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida tomonlar dzyudochilar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar bir-birlariga esdalik sovg‘alarini ham topshirdilar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!