EChL, "Bavariya" va hakamlar...

  • 9 may, 2024, 05:17
  • Suhrob Xolbekov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionlar ligasining eng muhim uchrashuvlaridan biri hisoblangan "Real" - "Bavariya" to‘qnashuvi uchun tajribali Shimon Marchinyak tayinlandi. Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerak, u o‘tgan yili ChL va Jahon chempionati finallarida ishladi. Shu bilan birga, bu mavsum "Atletiko" - "Inter", PSJ - "Nyukasl", "Borussiya" - "Milan" kabi bahslarda bosh hakamlik qilgan. 

Tecno

Real Madrid v FC Bayern München: Semi-final Second Leg - UEFA Champions League 2023/24

Polshalik referi o‘yinni ajoyib boshqardi. Uning o‘zini tutishi, nazoratni qo‘ldan chiqarmaganligi, futbolchilar bilan suhbatlashishi, barcha-barchasi bir-teksda davom etayotgandi, lekin so‘nggi daqiqalarda Shimon barchasini yo‘qqa chiqarib yubordi. 

90+13'daqiqada "Bavariya" hujumga o‘tdi. Ikkinchi qavatdan oldinga uzatilgan to‘p uchun Mazraui kurash olib bordi va to‘p De Ligt tomon yo‘naltirildi. Bu vaqtda esa laynsmen bayroqchasini ko‘tarib, Marchinyak hushtagini chalib yubordi, bir zumga barcha to‘xtab qolgan joyida niderlandiyalik himoyachi gol urdi.

Rasm

Bu vaziyatda ko‘pchilik hakamning VARni tekshirmaganidan hayron qolishdi, lekin referi vaziyatga nuqtani allaqachon qo‘yib bo‘lgandi, ya’ni u hushtakni chalganidan keyin darvoza ishg‘ol qilindi. Bunday holatda texnika yordam bera olmaydi. 

Endi hujumda rostan ham ofsayd bor, yoki yo‘qligiga to‘xtalsak. Deyarli barcha o‘z versiyasini taqdim etdi, lekin ular bitta narsada xato qilishmoqda. Bu erda chiziq De Ligt bilan emas, balki Mazrau bilan chizilishi kerak. Sababi, aynan marokashlik futbolchi garchi teginmagan bo‘lsa-da, to‘p uchun kurashdi.

Biz esa sizga ofsayd chizig‘ini Mazraui bilan chizilgan versiyani taqdim etamiz.

Rasm

Garchi bu onsayd bo‘lgan taqdirda ham, endi hech nimani o‘zgatirib bo‘lmaydi, lekin hakamning o‘z aybini tan olishi kutilmagan holat bo‘ldi. O‘yindan keyin De Ligt laynsmen undan xato qilganini aytib, uzr so‘ragani haqida gapirdi. Shuningdek, Tomas Tuxel va Maks Eberllar ham buni tasdqilashdi. Ammo bu Myunxen tomonini tinchantira olmadi. Matbuot anjumanida Tomas hakamlik borasida juda ko‘p gapirdi. Mutaxassislar va muxlislarni aytmasa ham bo‘laveradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Az1k_13__
09/05/2024 09:51
Kut hakamla
Асманов Асман
09/05/2024 12:03
Хакам танишми?
&
Dili
09/05/2024 13:20
Нима сизлар уйлайсизлар Узбекистанда шундай хакамлар бор деб мана европада хам бор экан