EChL. Qaysi klublarda pley-offga chiqish imkoniyati bor?

  • 30 noyabr, 2023, 22:50
  • Suhrob Xolbekov
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Chempionlar ligasi 5-turidan o‘rin olgan barcha uchrashuvlar o‘z nihoyasiga etdi. Ajoyib gollar va voqealarga boy o‘tgan turdan so‘ng pley-offga yo‘l olganlarning soni ham ortdi. Ammo barchasi so‘nggi turda hal bo‘ladigan guruhlar yo‘q emas. Shuningdek, Evropa ligasi uchun ham kurash avjida. Ayni paytda 12 ta jamoa 1/16 bosqichida, 4 joy qoldi. O‘z o‘rinlarini band qilish uchun qaysi klublar harakat qilmoqda?

"A" guruhi

5-turda "Bavariya" "Kopengagen" mehmoni bo‘lib kutilmaganda ochko yo‘qotdi. Biroz zerikarli o‘tgan o‘yinda mezbonlar darvoza daxlsizligini saqlab qoldi va ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. "Manchester Yunayted" va "Galatasaroy" o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘yin esa tarixga kirdi. Dastlab, Garnacho va Fernandeshning super goli orqali "qizil iblislar" 2:0 hisobida oldinga chiqib oldi. Birinchi taym so‘nggida esa Ziesh ajoyib goli bilan javob qaytardi. Maktominey oradagi farqni ikkitaga oshirib qo‘ygan bo‘lsa, 62-daqiqada Onana qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi va Ziesh dulblni rasmiylashtirdi. Shundan so‘ng Aktyurkoglu jamoasini qutqarib qoluvchi golni urdi. Ushbu turdan keyin pley-off uchun haqiqiy kurash boshlandi. "Kopengagen" va "Galatasaroy"da 5, MYuda esa 4 ochko mavjud. 6-turda inglizlar "Bavariya"ni o‘z maydonida qabul qiladi. Ten Xag shogirdlari nemislarni yutgan taqdirda ham narigi bahsda durang natija qayd etilishi kerak. Agar kimdir g‘alaba qozonsa, "Manchester Yunayted" Evropa ligasiga yo‘l oladi. Agarda mag‘lubiyatga uchrasa, turnirni tark etadi. 

photo_2023-11-30_18-32-54

"B" guruhi

"Arsenal" 5-turga kelib "ochilib ketdi". "Lans" darvozasi 6 marta ishg‘ol qilingan uchrashuvda Husanov zaxiradan maydonga tushdi. Shu bilan birgalikda, bitta sariq kartochka oldi va penaltiga ham sababchi bo‘lib qoldi. "Kanonirlar" guruhdan chiqib bo‘lgandi. Endi birinchi o‘rin bilan pley-offga yo‘l oladigan bo‘ldi. "Sevilya" - PSV bahsida esa super kambek guvohiga aylandik. Dastlab, Ramos va En-Nesirilarning gollari evaziga xotirjam nafas olishni boshlagan mezbonlar yakunda 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, 4-o‘rinda qolib ketdi. Ammo ispanlarda hali Evropa ligasiga chiqish imkoni bor. So‘nggi turda klub "Lans"ga qarshi o‘ynaydi. 

photo_2023-11-30_18-33-35

"C" guruhi

"Braga" o‘z maydonida "Union Berlin" bilan durang o‘ynab, ChLda qolish imkoniyatini saqlab qoldi. Nemislar g‘alaba qozonganida "Napolipley-off masalasini hal qilgan bo‘lardi. Neapolliklar esa "Real"ga taslim bo‘ldi. 9-daqiqa Simone hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay mezbonlar ikkita gol bilan javob qaytardi. Ikkinchi taym boshida Angissa imkoniyatlarni tenglashtirdi, lekin Pas va Xoselular jamoasiga 3 ochko taqdim etuvchi gollarni urdi. Guruhda "Real" 15 ochko bilan birinchi, "Napoli" 7 ochko to‘plagan holda ikkinchi pog‘onada bormoqda. "Braga"da esa 4 ochko bor. "Union Berlin" so‘nggi turda madridliklarni taslim qilsa, Evropa ligasi uchun kurashib ko‘rsa bo‘ladi. 

photo_2023-11-30_18-34-21

"D" guruhi

"Inter" PSVdan qolishmaydigan kambekni amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Mariu yarim soat ichida xet-trik qilib, hisobni yiriklashtirgandi. Milanliklar esa ikkinchi taymda 3 ta gol bilan javob qaytara oldi. "Real Sosedad" ham "Tsalsburg" bilan durang o‘ynadi. Shu bilan "Inter" va ispanlarning ochkolari soni 11 taga etdi. So‘nggi turda ular o‘zaro to‘qnash keladi va birinchi o‘rinni hal qilib olishadi. "Benfika" esa Evropa ligasi uchun "Tsalzburg" bilan kurash olib boradi. 

photo_2023-11-30_18-34-47

"E" guruhi

"Latsio" o‘z maydonida "Seltik"ni Immobilening dubli evaziga mag‘lub qildi. Shu tariqa, Sarri shogirdlari pley-off masalasini hal qildi. "Atletiko" esa safarda "Feyenoord" ustidan zafar quchdi. Qiziqarli tomoni o‘yindagi 3 ta golni mezbonlarning o‘zi urdi. Ikkita avtogol va Ermosoning bir marta darvozani ishg‘ol qilishi "matraschilar"ga g‘alaba taqdim etdi. "Latsio"da birinchi o‘rinni qo‘lga kiritish imkoni ham bor, buning uchun "Atletiko" to‘sig‘idan o‘tishi kerak bo‘ladi. "Feyenoord" bo‘lsa Evropa ligasiga yo‘l oladigan bo‘ldi. 

photo_2023-11-30_18-35-21

"F" guruhi

"O‘lim" guruhida hammasi so‘nggi turda hal bo‘ladigan bo‘ldi. Faqatgina "Borussiya" muddatidan oldin guruhdan chiqa oldi. Klub 5-turda "Milan"ni mehmonda mag‘lub qildi va 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. PSJ o‘z maydonida "Nyukasl"ga yutqazib qo‘yishiga sal qoldi. 24-daqiqada Isak hisobni ochgan bo‘lsa, 90+8 daqiqada Mbappe penaltidan imkoniyatlarni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. "XG"ga ko‘ra, parijliklar bu uchrashuvda kamida 4 ta gol urishi kerak edi. Vaziyatlaridan foydalana olmagan Enrike shogirdlarini 6-turda "Borussiya" bilan bo‘lib o‘tadigan bahs kutmoqda. Agarda o‘sha to‘qnashuvda PSJ g‘olib bo‘lsa, pley-offga yo‘l oladi. Durang ham klubni Evropa ligasi sari etaklashi mumkin. "Milan" va "Nyukasl" o‘rtasida esa haqiqiy jang bo‘lib o‘tadi. 

photo_2023-11-30_18-36-03

"G" guruhi

"Manchester Siti" va "Leyptsig" allaqachon guruhdan chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Agarda nemislar g‘alabani ushlab qola olganida birinchi o‘rin bilan pley-offga yo‘l olish uchun kichik bo‘lsada imkoni bo‘lardi, lekin "shaharliklar" kambek qilib, 15 ochko bilan yaqqol peshqadamga aylandi. Qolgan jamoalar, ya’ni "Yang Boyz" va "Tsrvena Zvezda" 3-o‘rin uchun kurashadi. 

photo_2023-11-30_18-36-41

"H" guruhi

"Barselona" o‘z maydonida muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Dastlab portugallarning hisobni ochishi biroz sarosimani yuzaga keltirgan bo‘lishi mumkin, lekin Kanseluning super harakatlari evaziga Xavi katta tanqidlardan qutulib qoldi. Eng muhimi ikki yildan keyin jamoa yana 1/16 bosqichiga chiqa oldi. "Portu" esa so‘nggi turda "Shaxtyor" bilan o‘ynaydi. Durang ham klubni guruhdan chiqishiga yordam bera oladi. "Royal Antverpen" hali ochko to‘play olgani yo‘q. 6-turda belgiyaliklar muxlislar uchun maydonga chiqadi. 

photo_2023-11-30_18-37-16

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Liverpool-Afzal
01/12/2023 07:59
Порто-Шахтёр зор уйин боларкан