“Ecuador Open – 2018” finalchilar nomi aniqlandi
Ispaniyalik Albert Ramos “Ecuador Open – 2018” musobaqasining yarim finalida braziliyalik Tyago Monteyroga qarshi kortga chiqdi.
Final yo‘llanmasi uchun o‘tkazilgan ushbu bellashuvda ispan tennischisi 6:4, 6:7, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi.
Endi musobaqa finalida ikki ispaniyalik tennischi Albert Ramos va Roberto Karbales-Baena finalda o‘zaro to‘qnash keladi.
Fikrlar