Ekslyuziv! Nursulton Ro‘ziboevning bayram tabrigi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Mana 2017 yil ham yakuniga etib bormoqda. 2017 yil yurtimiz sportchilari uchun omadli kechdi.

Sportchilarimiz o‘zlarining g‘alabalari bilan yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tardilar.

Jumladan, 2017 yil yakkakurashchimiz Nursulton Ro‘ziboev uchun ham omadli kelib, bir qator g‘alabalar bilan hamyurtlarimizga olam-olam quvonch ulashdi. Engilmas jangchimiz SPORTS.uz internet axborot portali orqali yurtdoshlarimizga bayram tabrigini yo‘lladi.

Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar! Sizlarni kirib kelayotgan yangi – 2018 yil bilan chin qalbimdan tabriklayman. Yangi yil hammamizga omad va baxt olib kelsin. Eski yilda ushalmagan nimaiki niyatimiz bo‘lsa, yangi yilda ushalishini tilayman.

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin. Vatanimiz bundan ham gullab-yashnashini tilab qolaman.

SPORTS.uz internet axborot portali hodimlariga va ularning faoliyatiga omadlar tilayman.

Xurmat bilan, Nursulton Ro‘ziboev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!