
Elena Ostapenko chorak finalda
Latviyalik tennischi Elena Ostapenko Lyuksemburgda o‘tkazilayotgan turnirning ikkinchi davrasidan muvaffaqiyatli o‘tib oldi.
Mazkur bosqichda Elena belgiyalik Eliza Mertensga qarshi kortga chiqdi va 4:6, 6:2, 6:2 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga chiqdi.
Endi Elena "BGL Luxembourg Open" turnirining chorak final bosqichida germaniyalik Antoniya Lottner va Andrea Petkovich uchrashuvi g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar