
Elena Ostapenkoning navbatdagi raqibi ma’lum
Avstriyaning Lints shahrida tennis bo‘yicha "Upper Austria Ladies Linz" turnirida Elena Ostapenko musobaqaning ilk davrasidan omadli o‘tib oldi.
Latviyalik tennischi germaniyalik Tamara Korpachga qarshi kortga chiqib, raqibasini 6:1, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa Ostapenko ikkinchi bosqichda frantsiyalik Alize Kornega qarshi bahs olib boradigan bo‘ldi.
Fikrlar