Elize Mertens ikkinchi davradagi raqibini kutmoqda
Belgiyalik tennischi Elize Mertens Malorka shahrida o‘tayotgan musobaqaning birinchi davrasidan muvaffaqiyatli o‘tib oldi.
Elize ushbu bosqichda germaniyalik Andrea Petkovichga qarshi o‘yin o‘tkazib, har ikkala setda bir xil 6:2 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa "Mallorca Open"ning ikkinchi davrasida Mertens xitoylik Jen Saysay, yoki avstraliyalik Samanta Stosur bilan bellashadigan bo‘ldi.

Fikrlar