
Endi “Siti”dan ketmasak bo‘lmaydi...
Angliyaning amaldagi chempioni “Manchester Siti”da jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berishi kutilmoqda. Joriy mavsumning birinchi qismida kuzatilgan muammolar tarkibni yoshartirishni talab etadi.
Buni tushungan holda ayrim yoshi katta o‘yinchilar klubni o‘z ixtiyori bilan tark eta boshladi. Xususan, 34 yoshli Kayl Uoker A Seriya vakillari bilan muzokara olib bormoqda.
Endi orada bir “Barselona”da o‘ynab, yana “shaharliklar” safiga qaytgan Ilkay Gyundog‘an yana Manchesterni tark etmoqchi. Chunki germaniyalik yarim himoyachining o‘yin vaqti keskin kamayib ketdi.
Hozir Turkiya Superligasi etakchisi “Galatasaroy” klubi 34 yoshli Ilkayni tarkibga qo‘shib olish uchun harakat boshlagan.
Istanbul jamoasi bosh murabbiyi Okan Buruk Gyundog‘an bilan shaxsan bog‘lanib, hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
Fikrlar