Eng kuchli atletlarimiz bahsga kirishdi

CHERY AUTO

Poytaxtimizdagi O‘zbekiston engil atletika federatsiyasi stadionida engil atletika bo‘yicha kattalar va 20 yoshgacha bo‘lgan atletlar orasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

Musobaqaning 400 metrga to‘siqlar osha yugurish bahslarida Nurxon Ochilova hamda Muhammadsodiq Karimov kattalar orasida, Parizoda To‘raeva, Hasanbek Rustamjonov U20 yosh toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

10 ming metrga sportcha yurish bellashuvlarida Diana Yafasova hamda Karina Tkachik (U20) oltin medalga sazovor bo‘ldi.  

Langar cho‘pga tayanib sakrashda Matluba Saidahmedova hamda Nodir Norboev kattalar o‘rtasida tengsiz ekanini isbotladi. U20 toifasida Dadarxon Ibragimova hamda Shahzodbek Xolmurodov eng yaxshi natija qayd etdi. Uch hatlab sakrashda Roksana Xudoyorova, Ibrohim Mahkamov (kattalar), Zahro Tursunova hamda Maksim Seleznev (U20) mamlakat chempioniga aylandi.

Disk uloqtirishda Yulianna Shukina (kattalar), Mahliyo Karimova, Abduazim Rahmatullaev (U20) shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Nayza uloqtirishda esa Nargiza Qo‘chqorova hamda Sarvar Ismoilov kattalar toifasida birinchi pog‘onadan o‘rin egallagan bo‘lsa, U20 da Shahina Yigitalieva va Abduvali Soloev barcha raqiblaridan o‘zib ketdi. O‘nkurash bellashuvlarida Bahriddin Sharipov 5068, Abdulloh Abduqahhorov 5571 ochko bilan o‘z yosh toifalarida oltin medalga ega chiqdi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!