Eng kuchli sambochilar Toshkentda bellashadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

17-18 mart kunlari sambo bo‘yicha Milliy Olimpiya qo‘mitasi sovriniga bag‘ishlangan Respublika turniri bo‘lib o‘tadi. Unda mamlakatimizning har biri viloyatidan har bir vazn toifasida eng kamida 2, ko‘pi bilan 4 sportchi qatnashadi.

Mazkur bellashuvlarda erkaklar 9 vazn toifasida – 52, 57, 62, 68, 74, 82, 90, -100 va +100 kg. kuch sinashsa, ayollar esa 48, 52, 56, 60, 64, 68, 72, 80, +80 kg.da g‘oliblik uchun kurash olib borishadi.

Musobaqalar Toshkent shahridagi “Universal” sport saroyida tashkil etiladi. Unda 2018 yilda bo‘ladigan Osiyo o‘yinlariga zaxira tarkib sportchilari aniqlab olinishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!