
Engil atletika. Shveytsariyadagi xalqaro turnirda ikki nafar hamyurtimiz sovrindor bo‘ldi
Shveysariyaning Jeneva shahrida engil atletika bo‘yicha “Atleticageneve – EAP” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Butunjahon engil atletika federatsiyasining bronza darajasidagi ushbu musobaqada qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, Anvar Anvarov uzunlikka sakrash sektorida roppa-rosa 8 metr natija bilan birinchi o‘rinni egalladi. Osiyo o‘yinlari chempioni Safina Sadullaeva esa balandlikka sakrashda bronza medali bilan taqdirlandi.
Uzunlikka sakrash:
Oltin - Anvar Anvarov (O‘zbekiston) - 8.00 metr
Kumush - Gerson Balde (Portugaliya) - 7.86
Bronza - Yu-Tang Lin (Xitoy Taipeyi) - 7.82
Balandlikka sakrash:
Oltin - Elizabey Pixela (Estoniya) - 1.89 metr
Kumush - Britt Virman (Niderlandiya) - 1.89
Bronza - Safina Sadullaeva (O‘zbekiston) - 1.83
Fikrlar