
Engilmas jamoa tuzildi
Transferlarga ixtisoslashgan Transfermarkt portali dunyoning eng qimmatbaho futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoa tuzdi. Agar bu jamoa qaysi musobaqada ishtirok etsa ham, uni to‘xtatib qolishning imkoni bo‘lmaydi.
Transfermarkt ramziy jamoaga quyidagicha charm to‘p ustalarini kiritdi:
Darvozabon:
Gregor Kobel (“Borussiya” Dortmund) — € 40 mln.
Himoyachilar:
Vilyam Saliba (“Arsenal”) — € 80 mln, Alessandro Bastoni (“Inter”) — € 80 mln, Gabriel Magalyayns (“Arsenal”) — € 75 mln.
Yarim himoyachilar:
Federiko Valverde (“Real” Madrid) — € 130 mln, Jud Bellingem (“Real” Madrid) — € 180 mln, Florian Virts (“Bayer”) — € 140 mln.
Hujumchilar:
Lamin Yamal (“Barselona”) — € 180 mln, Vinisius Junior (“Real” Madrid) — € 200 mln, Erling Xoland (“Manchester Siti”) — € 200 mln, Kilian Mbappe (“Real” Madrid) — € 170 mln.
Fikrlar