Erling Xoland faoliyatini qaerda davom ettirishni hal qildi
Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland «Manchester Siti»ni tark etishni rejalashtirayotgani haqida xabar tarqaldi. Bu haqida ispaniyalik jurnalistlar El Nacional nashri orqali ma'lum qilmoqda.
Manbalarga ko‘ra, futbolchi klubning endi Chempionlar ligasida yuqori maqsadlar uchun kurasha olishiga ishonchini yo‘qotgan. Shu bois Xoland uchun karerasini davom ettirishda eng ma'qul yo‘nalish sifatida «Barselona» ko‘rilmoqda. Eslatib o‘tamiz, u 2022 yil yozida dortmundlik «Borussiya» tarkibidan «Manchester Siti»ga o‘tgan edi.
Erling Xoland «Manchester Siti» safida jami 207 o‘yin o‘tkazgan. Ushbu bahslarda hujumchi 172 ta gol urgan va 30 marotaba golli pas bergan.

Fikrlar