Erling Kholand Gvardiolaga ta'sirli murojaat yoʻlladi

  • 28.05.2026 02:21
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand ijtimoiy tarmoqlar orqali klubni tark etgan Xosep Gvardiolaga murojaat qildi.

“Hech qachon o‘rgatishdan to‘xtamagan murabbiy. Bu aqlbovar qilmaydigan holat, ammo sen buyuklikni oddiy narsadek ko‘rsatding.

Hatto xet-triklar, g‘alabalar va sovrinlardan keyin ham doimo yangi dars, yangi chaqiriq va intilish kerak bo‘lgan yangi daraja bo‘lardi.

Aynan shu mentalitet klubni ham, meni ham butunlay o‘zgartirdi. Eng yaxshisi bilan ishlash hayotimdagi eng katta sharaf bo‘ldi.

Barchasi uchun rahmat, boss”, — deb yozdi Holand.

Norvegiyalik forvard Gvardiola qo‘l ostida to‘rt mavsum harakat qildi. Shu vaqt ichida u 198 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 162 ta gol va 30 ta assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!