Eshli Barti chorak finalga yo‘l oldi

  • 16 avgust, 2019, 10:37
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Avstraliyalik tennischi Eshli Barti "Western & Southern Open" turnirining chorak final bosqichiga muvaffaqiyatli o‘tib oldi.

Eshli uchinchi davrada estoniyalik Anett Kontaveytga qarshi kortga chiqib, yakunda 4:6, 7:5, 7:5 hisobida zafar quchdi.

Shu tariqa Tsintsinnati shahrida o‘tayotgan musobaqaning chorak finalida Barti, belaruslik Arina Sobolenko, yoki gretsiyalik Mariya Sakkariga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!