
Eshli Barti "Miami Open" finalida o‘ynaydi
Florida shtatida ayollar o‘rtasida o‘tayotgan "Miami Open" turnirining final boqichda ishtirok etadigan dastlabki tennischining nomi aniq bo‘ldi.
"Premier Mandatory" turkumidagi musobaqaning yarim finalida Eshli Barti (Avstraliya) va Anett Kontaveyt (Estoniya) o‘zaro raqobatlashdi. Uchrashuvda Eshli 6:3, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Endi Barti so‘nggi hal qiluvchi final o‘yinida ruminiyalik Simona Xalep, yoki chexiyalik Karolina Plishkovaga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar