
Eshli Barti raqibini ayab o‘tirmadi
Avstraliyalik tennischi Eshli Barti Pekin shahrida o‘tayotgan "Premera" turkumiga kiruvchi musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Eshli yakkalik bahslari chorak finalida chexiyalik Petra Kvitova bilan bahslashdi. Uch setda davom etgan o‘yinda Barti 4:6, 6:4, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tarzda "China Open"ning final yo‘llanmasi uchun Barti gollandiyalik Kiki Bertens bilan kuch sinashadi.
Fikrlar