"Evro-2024". Chorak final bahslari oldidan prevyu

  • 4 iyul, 2024, 23:43
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Germaniya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan Evropa chempionati turnirining eng qizg‘in damlariga ham etib keldik. Guruh bosqichida o‘z kvartetlarida etakchi birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan 12 jamoa hamda eng yaxshi natijani qo‘lga kiritgan 4 ta uchinchi o‘rinni egallagan terma musobaqaning 1/8 final bosqichida o‘zaro kuch sinashdi. Guruhida etakchi bo‘lib nimchorak finalga kelgan olti termaning (Germaniya, Ispaniya, Angliya, Portugaliya, Ruminiya va Avstriya) to‘rttasi o‘z mavqelariga xos o‘yin ko‘rsatishdi. Afsuski, Avstriya va Ruminiya jamoalari uchun turnir nimchorak finalda yakunlandi. 

Turnir oldidan favoritlar qatorida ko‘rilgan, musobaqa sobiq chempionlari Italiya hamda FIFA reytingida uchinchi pog‘onaga mos ko‘rilgan Belgiya jamoalari ham musobaqada kutilgan darajada faollik ko‘rsata olishmadi.

Nimchorak final bahslarida jonbozlik ko‘rsatib, keyingi bosqich yo‘llanmasini naqd qilgan jamoalarning (Shveytsariya, Angliya, Germaniya, Ispaniya, Frantsiya, Portugaliya, Niderlandiya, Turkiya ) ko‘pchiligi turnir davomida yorqin o‘yin ko‘rsatib kelmoqda. Masalan, o‘yin davomida sobiq chempionlarga umuman imkon qoldirmagan Shveytsariya; Frantsiya hamda Niderlandiya kabi terma jamoalar bor guruhda birinchilikni egallagan Avstriya ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritgan Turkiya. Ushbu jamoalardan keyingi bosqichlarda ham yuqori darajadagi o‘yin ko‘rsak ajab emas.

Yorqin lahzalarga boy o‘tishi kutilayotgan chorak final bahslari ertaga start oladi. O‘yinlarning dastlabki kunida final darajasiga tenglasha oladigan ikki uchrashuv guvohi bo‘lamiz. Ushbu bosqichni ochib beruvchi Ispaniya - Germaniya bahsi O‘zbekiston vaqti bilan soat 21:00da start oladi. Ikki jamoa ham ikki xil turdagi jamoa. Biri avlodlar almashinuvi davridan o‘tib, eski taktikadan voz kechib zamonaviy hamda pozitsion o‘yin ko‘rsatayotgan tarkib bo‘lsa, ikkinchisi tajribaga suyangan xolda jamoaviy va taktik, muhimi doim oldinga intiluvchi jamoa. Qayg‘uli tomoni shundaki, ulardan biri turnirni shu bosqichda tark etadi.  

Shu bilan birga kunning yakunida Portugaliya va Frantsiya to‘qnashuvi guvohi bo‘lamiz. Tezkor o‘yinga qarshi jamoaviy o‘yin qarama-qarshiligi. ikkisi xam ertangi uchrashuvda o‘zgacha o‘yin ko‘rsatishi aniq. Sababi, Frantsiya hali biron marta ham o‘yindagi vaziyatdan gol ura olmay avtogollar va penaltidan kiritilgan gol hisobiga shu ergacha etib keldi. Portugaliya esa Sloveniya bilan o‘yindan so‘ng o‘zini o‘nglab olgan holda, boshqa bunday xatolarga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qiladi degan umiddamiz.

Aytib o‘tish joizki, ertaga Evropa chempionati tarixida qoladigan unutilmas bahslar bo‘lib o‘tadi. Shunday ekan, katta ehtimol bilan 2024 yilning eng esda qolarli jarayoni deya e’tirof etilishi kutilayotgan to‘qnashuvlarda jamoalarga omad tilab qolamiz.

Shu o‘rinda turli jabhalarda hozirgacha eng yaxshi ko‘rsatkich qayd etib kelayotgan futbolchilar bilan tanishamiz:

Eng yaxshi himoyachilar ro‘yxati:

Eng ko‘p seyv amalga oshirgan darvozabonlar ro‘yxati:

Eng ko‘p dribling amalga oshirgan futbolchilar ro‘yxati:

To‘purarlar ro‘yxati:

Yuqorida qayd etilgan ro‘yxatlar Evropa chempionati rasmiy sahifalaridan olingan.

                                                                                                                                                       Jahongir Inomjonov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!