
Evropa Ligasi. Mata “MYu”ni chorak finalga olib chiqdi
Evropa Ligasi nimchorak final javob o‘yinida "Manchester Yunayted" jamoasi o‘z maydonida "Rostov" futbolchilarini qabul qildi.
Murosasiz va qiziqarli kechgan o‘yinda mankunianlar 1:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvning 70-daqiqasida Xuan Mata tomonidan kiritilgan yagona gol "MYu"ning chorak finalga chiqishi uchun etarli bo‘ldi.
Manchester Yunayted (Angliya) – Rostov (Rossiya) 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 70 Mata.
Manchester Yunayted – Romero, Bayi, Smolling, Roxo, Valensiya, Errera, Pogba (Fellayni, 48), Blind (Djons, 64), Mata, Mxitaryan, Ibrohimovich.
Rostov – Medvedev, Terentev, Mevlya, Navas, Kudryashov, Bayramyan (Kireev, 82), Poloz, Eroxin, Prepelitse (Devich, 79), Noboa, Azmun (Buxarov, 62).
Ogohlantirishlar: Buxarov (87).
Dastlabki uchrashuv: 1:1
Fikrlar