Fabio Kannavaro o'zbekistonlik muxlislarga va'da berdi!
O‘zbekiston milliy terma jamoasi ustozi Fabio Kannavaro Jahon chempionati oldidan fikr bildirdi.
"Albatta, bu ajoyib tuyg‘u, Jahon chempionatida ishtirok etish - har bir insonning orzusi. Nihoyat biz Atlanta shahriga yetib keldik. Mashg‘ulotlarga kirishishni, o‘yinlar o‘tkazishni va bu jarayondan zavqlanishni sabrsizlik bilan kutyapmiz.
Odatda Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish oson bo‘lmaydi. Turli kichik muammolar bo‘ladi, lekin biz imkon qadar eng yaxshi holatda bo‘lishga harakat qildik. Birinchi o‘yinimizda oz fursat qoldi, bu uchrashuvga tayyor bo‘lish uchun esa qo‘limizdan kelgan barcha ishni amalga oshiryapmiz.
O‘zbekistonliklarga aytishim mumkinki, qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Bor kuchimizni beramiz, oxirgi soniyagacha kurashamiz. Sababi, biz dunyoning qaysi nuqtasidan bo‘lishidan qat’i nazar o‘zbekistonliklarning bizdan faxrlanishlarini istaymiz", - deya fikr bildirib o‘tdi italyalik mutaxassis.

Fikrlar