Fabrisio Verdum qanday jangchi? Uning navbatdagi raqibi javob berdi
UFC jangchisi Aleksandr Gustafsson (18-6-0) og‘ir vazn toifasida sobiq chempion Fabrisio Verdum (23-9-1)ga qarshi jang borasida o‘z fikrini bildirdi.
"U juda tajribali va agar uning faoliyatiga nazar tashlasangiz, u ushbu sportning afsonasi ekanligini anglaysiz. U bilan jangda e’tiborsizlik qilmaslik lozim.U juda ayyor va barcha og‘ir vazn toifasidagi jangchilar singari kuchli zarbaga ega.
Men uchun bu to‘qnashuv juda katta sinov bo‘ladi. O‘z o‘rnida motivatsiya ham beradi. Ammo men g‘alaba qozonishimga ishongan holda, oktagonga chiqaman. Shunchaki uni yuzini sindirishni xohlayman ",-dedi Gustafsson.
Verdum - Gustafsson jangi 25 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.



Fikrlar