Farg‘onadagi vodiy derbisi qanday o‘tdi?
Superliganing 24-turidagi markaziy o‘yin Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda vodiy derbisi doirasida “Neftchi” va “Andijon” klublari bellashdilar. Bilasizlar, hamma vaqt mazkur klublar ishtirokidagi bahsga qiziqish katta bo‘ladi.
Chempionlik uchun kurashayotgan “Neftchi”ga qarshi bellashuv har bir jamoa uchun og‘ir o‘tishi oldindan ma’lum. Bir so‘z bilan aytganda, derbida ikki tomonga qiyin bo‘lishi aniq edi va amalda ham shunday bo‘ldi. Stadiondagi muhit ham kutilganidek “olovli” bo‘ldi. “Neftchi” va “Andijon” ishqibozlari sariq va qizilga bo‘yangan holda o‘z suyuklilarini faol qo‘llab-quvvatlab turdilar.
Uchrashuvni jamoalar ehtiyotkorlik bilan boshladilar. Chunki o‘yinning ahamiyati yuqori edi. “Neftchi” o‘z uyida hujumkor futbol ko‘rsatishi tabiiy edi. Shunga qaramay, “Burgutlar” har bir pozitsiyada raqibiga jiddiy qarishilik ko‘rsatdi. Bellashuv boshlarida esa Doniyor Abdumannopov o‘z qanotidan xavfli reyd uyushtirdi, biroq yakunda biroz omad yuz o‘girdi.
Bo‘lim oxirlarida mezbonlar a’zosi Abror Ismoilov aniq zarbasi bilan uchrashuvda hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limni “Andijon” faolroq boshladi. Lekin hujumlar golgacha etib bormadi. O‘yinni o‘zgartirish uchun murabbiylar yangi kuchlarni ham zaxiradan maydonga tushirishdi. Lekin kutilmagan xatodan keyin maydon egalari ikkinchi to‘pni kiritishdi. Aynan ushbu gol uchrashuvda oxirgisi bo‘lib qoldi.
“Andijon” kuchli raqibga qarshi kurash olib bordi. Ammo vodiy derbisida omad mezbonlarga kulib boqdi.
“Neftchi” - “Andijon” - 2:0 (1:0).
5 oktyabr. Farg‘ona. “Istiqlol” stadioni. 15201 tomoshabin.
Hakamlar: Asker Najafaliev, Alisher Usmonov, Sanjar Shoyusupov.
Zaxira hakami: Umidjon Rahimjonoa
Nazoratchi: Baxtiyor Tog‘aev
Komissar: Qudrat Madraimov
“Neftchi”: Botirali Ergashev, Boyan Tsiger, Anvar G‘ofurov, Muhsin Ubaydullaev, Farruh Sayfiev, Yovan Jokich, Ikrom Aliboev, Abror Ismoilov, Alisher Odilov (Vladimir Yovovich, 78), Jamshid Iskanderov (Quvondiq Ro‘ziev, 89), Joel Kojo (Shaxzod Ne’matjonov, 89).
“Andijon”: Erjan Tokotaev, Abubakir Ashurov, Sunnatilloh Hamidjonov, Kristian Novak, Sardor Azimov, Muhammadkarim Toirov, Damir Temirov (Otabek Jo‘raqo‘ziev, 46), Saidumarxon Saidnurullaev (Shoxjahon Yorqinboev, 88), Usmonali Ismonaliev (Muhammadali Usmonov, 74), Doniyor Abdumannopov (Bektemir Abdumannonov, 63), Ismoil Akinade (Abdurahmon Abdullaev, 74).
Gollar: Abror Ismoilov, 44 - 1:0. Joel Kojo, 77 - 2:0.
Ogohlantirishlar: Sardor Azimov, 36. Usmonali Ismonaliev, 70.



Fikrlar