
Fayzullaevga raqobatchi kelyapti!
Moskvaning TsSKA klubi iroqlik futbolchi Ali Jassim bilan shartnoma imzolash variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Iroqning maxalliy nashrlaridan biri “Irak Finance Media” xabar tarqatmoqda.
Manbaning ma’lumot berishicha, "armiyachilar" Jassimga transfer summasi sifatida 1 million evroni taklif etmoqda. Ammo uning ayni damdagi jamoasi “Al-Qaxrabo” bu summani juda kam deb hisoblamoqda. Mashhur Transfermarkt portali uni 450.000 evroga baxolamoqda.
Yodingizda bo‘lsa, bu futbolchi 2023 yil Toshkentda o‘tkazilgan U-20 Osiyo Kubogi paytida chinakamiga porlagan edi. O‘sha musobaqadan so‘ng juda ko‘pchilik futbol mutahassislari uni yorqin kelajak kutmmoqda deb hisoblayotgandi. Ammo futbolchi ana turnirdan keyin juda ko‘p muammolar girdobiga tushib qoldi. Jasim U 20 terma jamoasidagi ajoyib o‘yinlaridan so‘ng, Belgiyaning “Gent” klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin edi. Jurnalist va insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha paytda “Gent” futbolchi uchun kurashda Turkiyaning “Trabzonspor”va “Antalyaspor” klublaridan ham o‘zib ketgandi. Biroq, futbolchining o‘zi Turkiya chempionatiga ko‘chib o‘tishga qaror qilgandi.
2023 yil 20 iyulda Ali Jasim Turkiya Superligasi vakili “Antalyaspor” bilan rasman uch yillik shartnoma imzoladi. Biroq kutilmaganda klubda bor-yo‘g‘i ikki kun bo‘lganidan so‘ng tushunarsiz tarzda shartnomasini bekor qildi va Iroqning “Al-Qahraba” jamoasiga borib qo‘shildi. Hullas, xech kim uchun kutilmagan tarzda boshlangan transfer zanjiri shu tarzda yakunlandi.
Endi esa, TsSKA futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni jiddiy maqsad qildi. Lekin “armiyachilar” bu masalani osonlikcha hal eta olmasliklari oydinlashmoqda. Agar bu ish jiddiy tus olib, haqiqattan ham Ali Jassim TsSKA safiga ko‘chib o‘tadigan bo‘lsa, u holda hamyurtimiz Abbosbek Fayzullaevga juda jiddiy raqobatchi paydo bo‘ladi. Bu habarlar fonida esa, kelasi mavsum ham Fayzullaevni sotmasligini ma’lum qilgan rus klubi bu masalani yana o‘ylab ko‘rishi mumkin.
Voqealar rivojini birgalikda kuzatishda davom etamiz!
Fikrlar