Fergyuson Ronaldu va Messini taqqosladi

  • 15 mart, 2022, 12:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

MYuning afsonaviy sobiq bosh murabbiyi Sir Aleks Fergyuson Krishtianu Ronaldu va Lionel Messini solishtirdi. Aytishicha, Ronaldu universallik borasida Messidan ustun.

“Ronaldu “Milluoll“, KPR yoki boshqa kuchsiz jamoalar safida ham uchta gol urishi mumkin. U hamma joyda gol urish uchun borini beradi.

Biroq Messining bunday qila olishini tasavvur qila olmayman. Shaxsan menga u ko‘proq ko‘k-anorrang libosda gol nishonlayotgani bilan esda qolgan.

Menimcha, Leo faqat “Barsa“da zo‘r o‘yin ko‘rsata oladi. Uni Kataloniyadan ajratish Messini futboldan quvish demakdir“, - dedi shotlandiyalik afsona.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!