
Fernando Verdaskoni yaqin do‘sti aldadi
Ispaniyalik tennischi Fernando Verdasko Braziliyada o‘tayotgan "Rio Open" turnirining ilk bosqichida muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Fernando mazkur davrada hamyurti Pablo Anduxar tomonidan har ikkala setda bir xil 3:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa, Rio-de-Janeyro shahri mezbonlik qilayotgan ushbu turnirning ikkinchi davrasida Anduxar argentinalik Pedro Martines, yoki boliviyalik Ugo Dellien bilan o‘zaro kuch sinashadi.
Fikrlar