«Feyenoord» Robin van Persini ishdan bo‘shatdi

  • 08.06.2026 01:21
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rotterdamning mashhur klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi bilan hamkorlikni to‘xtatishga qaror qildi. 

Robin van Persi jamoani 2025 yil fevral oyida qabul qilib olgan, u bilan 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan shartnoma imzolangan edi. Ammo o‘tgan mavsum natijalari klub rahbariyatini qoniqtirmadi.
 

Niderlandiya ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, ajralishishga asosiy sabablardan biri "Feyenoord"ning mamlakat chempionligini qo‘lga kirita olmagani bo‘lgan. Shu bilan birga, vaziyatga bosh murabbiy va yarim himoyachi Kvinten Timber o‘rtasida kelib chiqqan kelishmovchiliklar ham ta’sir ko‘rsatgani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!