FIDE reytingi yangilandi
FIDE reytinglarni mart oyi uchun yangiladi.
Unga ko‘ra, Magnus Karlen etakchilikni saqlab qoldi. Norvegiyalik grossmeysterda 2833 reyting ochko mavjud. Ikkinchi o‘rinni esa 2802 ochko bilan Hakaru Nakamura egalladi. Hindistonlik Gukesh Dommaraju 2787 reyting ochkosi bilan kuchli uchlikda.
Yangilangan reytingning TOP-100ligidan 5 nafar o‘zbekistonlik shaxmatchi joy olgan:
6. Nodirbek Abdusattorov — 2773
29. Javohir Sindarov — 2707
49. Rustam Qosimjonov — 2675
51. Shamsiddin Vohidov — 2670
71. Nodirbek Yakubboev — 2654
20 yoshgacha qizlar kuchli yuzligidan 3 nafar hamyurtimiz joy olgan:
11. Afruza Hamdamova — 2350
41. Umida Omonova — 2241
90. Karimova Guldona — 2160
Fikrlar