FIFA Argentinani jazolamaydigan boʻldi
FIFA Folkland orollari haqidagi qo‘shiq uchun Argentina terma jamoasiga jazo qo‘llamaydi.
Mazkur qo‘shiq 2026 yildgi jahon chempionati 1/8 finalida Misr ustidan 3:2 hisobida qo‘zilgan g‘alabadan so‘ng ijro etilgan. Qo‘shiq matnida 1994 yildgi jahon chempionatida Diego Maradonaga berilgan diskvalifikatsiya, o‘sha musobaqadagi voqealar uchun revansh olish istagi, shuningdek, Argentina va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi hanuzgacha hal etilmagan Folkland orollari masalasi tilga olinadi. Ma’lumki, ikki davlat o‘rtasida ushbu hudud uchun qurolli to‘qnashuv 1982 yil aprel–iyun oylarida bo‘lib o‘tgan va Britaniya g‘alabasi bilan yakunlangan.
Daily Mail nashri yozishicha, FIFA argentinalik futbolchilarning qo‘shiq aytishini siyosiy bayonot sifatida baholamadi va terma jamoaga nisbatan intizomiy chora ko‘rishni rejalashtirmayapti.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 musobaqasida Argentina va Angliya terma jamoalari yarim finalda to‘qnash kelishi mumkin. Bunday stsenariy amalga oshishi uchun Angliya chorak finalda Norvegiyani, Argentina esa Shveytsariyani mag‘lub etishi kerak bo‘ladi.

Fikrlar