FIFA prezidenti Oʻzbekiston debyutiga qanday munosabat bildirdi?
FIFA prezidenti Janni Infantino Oʻzbekiston terma jamoasini 2026 yildagi jahon chempionatidagi debuti bilan tabrikladi, deb xabar bermoqda mundialni yoritayotgan ommaviy axborot vositalari.
«Har bir jahon chempionati oʻzining yangi hikoyalarini yaratadi. Mexikoda esa Oʻzbekiston oʻz tarixini yoza boshladi.
Bu — avlodlar davomida orzu qilingan palladir. Kolumbiyaga qarshi maydonga tushish, jahon chempionatlari tarixida Oʻzbekistonning ilk golini urish — bularning barchasi har bir futbolchi, murabbiy va bu kunga ishongan muxlislar yutugʻidir.
Ushbu tarixiy safarning har bir onidan bahra oling», — deya yozgan Infantino oʻzining instagramdagi sahifasida.
Oʻzbekiston terma jamoasi jahon chempionatlari tarixidagi ilk uchrashuvini Meksikada oʻtkazdi. Afsonaviy "Atsteka" stadionida Kolumbiyaga qarshi bahs Fabio Kannavaro shogirdlarining 1:3 hisobidagi magʻlubiyati bilan yakunlandi.
Mundialda Oʻzbekiston terma jamoasining tarixiy birinchi goliga vinger Abbosbek Fayzullaev mualliflik qildi.

Fikrlar