Finalga tayinlangan hakam yig‘ladi
Sloveniyalik referi Slavko Vinchich jahon chempionati finalida Argentina va Ispaniya terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvga bosh hakam etib tayinlanganini eshitgach, hissiyotlarini jilovlay olmadi va koʻz yosh toʻkdi.
Uchrashuv 19 iyul kuni AQSHning Nyu-Jersi shtatida boʻlib oʻtadi.
Vinchich final uchrashuvining bosh hakami etib tayinlanganini FIFA hakamlar departamenti rahbari Pierluiji Kollinadan hakamlar uchun tashkil etilgan maxsus yigʻilishda eshitgan.
Ushbu xabardan keyin sloveniyalik hakam yigʻlab yuborgan.
46 yoshli Slavko Vinchich 2024 yilda Yevropa chempionati yarim finali va Chempionlar ligasi finalini ham boshqargan edi.
Qiziq jihati shundaki, Argentina terma jamoasi soʻnggi marta jahon chempionatlarida 2022 yilda magʻlubiyatga uchragan boʻlib, oʻshanda Lionel Skaloni shogirdlari guruh bosqichida Saudiya Arabistoniga 1:2 hisobida yutqazgan edi. Aynan oʻsha uchrashuvni ham Slavko Vinchich boshqargan.

Fikrlar