
Flik “Barsa” o‘yinchisini raqibga bermadi
“Barselona” futbol akademiyasi har yili ko‘plab iste’dodlarni uchirma qiladi. Ularning hammasi ham asosiy jamoa safiga qo‘shila olmaydi.
Evropaning bir qator klublari Kataloniya superklubi tarbiyalagan futbolchilarni olib ketadi. Ispaniya chempionati vakili “Betis” ham keyingi yillarda “Barselona”dan bir necha charm to‘p ustalarini o‘z tarkibiga qo‘shib olgan.
“Betis” mutasaddilari bu gal 18 yoshli qanot himoyachisi Xofre Torrentsni ijaraga berishni so‘radi. Biroq Xans-Diter Flik va sport direktori Deku bu taklifni qo‘llab-quvvatlamadi.
Diario Sport nashrining yozishicha, germaniyalik mutaxassis Xofrening iste’dodini yuqori baholamoqda va uni sekin-asta o‘z loyihasiga jalb qilib boradigan bo‘lyapti.
Hatto Xans-Diter Flik bu himoyachini La Liganing biiinchi turida “Malorka”ga qarshi uchrashuvning 68-daqiqasida Alexandro Balde o‘rniga maydonga tushirdi. Shu tariqa, yosh himoyachi “Barsa”dagi debyutini nishonlash imkoniga ega bo‘ldi.
Fikrlar